BOJXONA ITTIFOQI

BOJXONA ITTIFOQI — ikki yoki undan ortiq davlatlar oʻrtasida oʻzaro bojxona chegaralarini bekor qilish, boshqa mamlakatlar uchun yagona boj tariflarini joriy etish toʻgʻrisidagi bitim; davlatlarning bojxona siyosati sohasida hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadlarida birlashuvi. Bojxona ittifoqi asosan ittifoqqa aʼzo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini koʻtarish maqsadlarida boj undirish, aʼzo boʻlmagan davlatlarga nisbatan yuqori boj stavkalari masalalarini tartibga soladigan ikki yoki koʻp tomonlama bojxona konvensiyalari asosida tashkil etiladi.

Dastlabki Bojxona ittifoqi laridan biri Fransiya va Monako oʻrtasida tuzilgan (1865). 1924-y. da Shveysariya bilan Lixtenshteyn knyazligi oʻrtasida Bojxona ittifoqi vujudga keldi. Rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Bojxona ittifoqiga Taʼriflar va savdo toʻgʻrisida Bosh kelishuv (1947; 1997-y. dan Jahon savdo tashkiloti), Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (1957; 1995-y. dan Yevropa Ittifoqi), Yevropa erkin savdo uyushmasi (1960) misol boʻladi.

Hoz. MDH doirasida 1997-y. dya Rossiya bilan Belorussiya oʻrtasida, 1998-y. da Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Bojxona ittifoqi yuzaga keldi. Oʻzbekiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlari oʻrtasida ham yagona iktisodiy makon barpo etish maqsadlarida Bojxona ittifoqi tashkil etildi (1998).

Sherqul Shodmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x