BOJXONA DAROMADLARI — davlat byudjetining daromad bandlaridan biri. Mamlakat chegarasidan olib oʻtilgan tovarlardan undirilgan bojlar, bojxona yigʻimlari (statistik yigʻim, marka yigʻimi, tovarlarni saklash va omborlarga joylash va b. uchun olinadigan haqlar), jarimalar va bojxona tomonidan musodara qilingan tovarlar (mulk)ni sotishdan tushgan mablagʻlar va b. dan tashkil topadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые