Bojalar guruhi — Hayot (Solo version)

Besh kunlik hayotsan, sira bilmaysan shafqat.
Kimga berarsan baxt, kimgadir esa zahmat.
So`nggi nafasgacha aytarman rahmat,
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr bolalarim yig`latmasdan o`tsang.

Doimo kulib yursin, o`tsin vaqti chog`,
Baxtimga iloyim, bo`lsin tani-joni sog`.
Bir qism bu ko`nglim bo`lar edi tog`,
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr bolalarim yig`latmasdan o`tsang.

Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
Faqat farzandlarim yig`latma, hayot.
Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
Faqat bolalarim yig`latma, hayot!

Har bir o`tayotgan umri baxtga to`lsin,
G`am-tashvishlar undan ancha uzoq bo`lsin.
Mayli, mening umr gulim so`lsa so`lsin,
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr farzandlarim yig`latmasdan o`tsang.

Porlab tursin yulduz kabi ikki ko`zi,
Bahor, yozdayin yashnasin qishi, kuzi.
Jonimni berishga roziman, rozi,
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr farzandlarim yig`latmasdan o`tsang.

Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
Faqat farzandlarim yig`latma, hayot.
Qancha toshing bo`lsa, mana menga ot,
Faqat bolalarim yig`latma, hayot!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x