«BOING» — AQSH «Boing» firmasi ishlab chiqarayotgan samolyotlarning umumiy nomi (mas, «B757», «B767», «B747300» va b.). Ularning orasida fuqaro samolyoti «B747300» mashhur (1983-y. dan beri ishlab chiqariladi). Uning yerdan koʻtarilishdagi massasi 380 t atrofida, bortiga bir yoʻla 660 yoʻlovchini olishi mumkin, tezligi 940 km/soat ga yetadi. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasi ixtiyorida bir nechta «B757» va «B767» rusumli samolyotlar bor (2000). Yana q. Aviatsiya.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые