BOGʻBEKOV

BOGʻBEKOV Safo (1903, Xiva 1978) — xivalik yogʻoch oʻymakori, Xiva badiiy oʻymakorlik maktabi vakili. Otasi usta Bogʻbek Abdurahmonov va oʻymakor usta Ota Polvonovdan hunar oʻrgangan. Bogʻbekov anʼanaviy islimiy naqshni rivojlantirdi. Jamoat va turar joy binolari uchun oʻyma naqshli eshik, ustunlar, namoyonlar, badiiy buyumlar (quticha, lavh va b.) tayyorlagan. Navoiy teatri foyelari eshiklari (1945 — 46, hamkorlikda), Urganch t. y. vokzali binosi eshiklari (1951—52) ni badiiy oʻyma naqshlar bilan bezagan, «Oʻzbekiston» teploxodi ichki bezaklari (1970) va Urganchdagi «Inturist» mehmonxonasi tantanalar zali (1974) uchun namoyonlar yaratgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. 18—19-a. lar Xiva meʼmoriy obidalarini taʼmirlashda qatnashgan. Bogʻbekov ishlaridan namunalar muzeylar (Toshkent, Moskva, SanktPeterburg va b.) da saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x