BOGXED (Shotlandiyadagi Boghead degan joy nomi bilan atalgan) — saproyayeli/ yalarning eng toza xili. Bogxed tarkibidagi organizm qoldiqlarining miqdori, hosil boʻlish sharoiti, sifati bilan koʻmirdan farq qiladi. Bogxed botqoqliklar, dengiz koʻrfazlarida biyokimyoviy va geokimyoviy jarayonlar taʼsirida hosil boʻladi. Rangi qoramtir. Bogxed tarkibini gazsimon, uchuvchan moddalar (75—90%), vodorod (8 — 12%) tashkil qiladi. Yonuvchi massaning issiklik berishi 33,5—37,7 Mj/kg. Gumusli koʻmir qatlamlari orasida yupqa qatlam koʻrinishida uchraydi. Bogxeddan qoramoy, suyuqyonilgʻi olinadi va kimyo sanoatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые