BOGOL — qad. moʻgʻul jamiyatidagi ijtimoiy tabaqa, uy qullari. Ilk oʻrta asrlarda qulchilikning bir necha turi mavjud boʻlgan: unagan Bogol — bir paytlar boʻysundirilgan qabila, keyinchalik merosiy qullarga aylangan, ular oʻz mulklari va qisman shaxsiy erkinliklarini saklab qolganlar, ongu Bogol — shaxsiy xizmatlari evaziga ozodlikka chiqqan qullar; uteli Bogol — oddiy xizmatkor — qullar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые