Bodibildingda taomlanish
✓ Ratsionda faqat go‘shtni o‘zini emas, balki go‘shtdan 2-3 barobar ko‘proq garnirlarni ham iste’mol qilish kerak;
✓ Go‘sht ratsionini har kuni o‘zgartirish tavsiya etiladi. Konserva, kolbasa, sosiska va shunga o‘xshash mahsulotlar — mumkin emas;
✓ Ratsionning 70% i kun davomida iste’mol qilinishi kerak, boz ustiga: yarmi — 13.00 gacha, hamda taomlanishning eng oxirgi vaqti — soat 19.00 dan kech bo‘lishi kerak emas;
✓ Oshqozonga taom yaxshi maydalangan holda yetib borishi kerak, chunki bu uning yaxshi hazm bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi;
✓ Faqat toza suv iste’mol qilish lozim;
✓ Sabzavotli salatlarni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi, chunki ular vitaminlar va kletchatkaga boy.
⠀
Shuni esda tutish kerakki, bodibilderning taomlanishi — ko‘p yillar davomida rioya qilish kerak bo‘lgan bir maromdagi parhezdir. Shu bilan birga, mashqlarni to‘g‘ri bajarishingiz va dam olishingiz kerak, shundagina mushaklarning o‘sishidagi natijani ko‘rasiz!
Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)