BOCHKA — 1) samolyotda uchishning murakkab usuli. Oʻz uchish yoʻnalishini saklagan holda samolyotni boʻylama oʻqi atrofida qanoti bilan toʻliq aylantirib, dastlabki holatiga qaytarishdan iborat. Bu usul uchuvchidan katta mahorat talab qiladi;
2) qad. rus suyuqlik hajmi oʻlchov birligi. Qiymati 40 paqir (491,96 l) ga teng boʻlgan;
3) kemalarning prichaldan narida toʻxtab turishi uchun oʻrnatiladigan metall qalqovuch. Suv tubidagi gruntda yotgan zalvar yakor (changak) bilan bogʻliq boʻlgan zanjir (bridel) Bochkani tutib turadi; 4) suyuqlik (suv, yogʻ, pivo va b.) solib qoʻyiladigan dumaloq idish. Yogʻoch, metall, plastmassadan yasaladi.