BOBURIYLAR

BOBURIYLAR — Hindistonda (1526—1858) hukmronlik qilgan sulola. Temuriylarlzm Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan. Chet ellarda, mamlakatimizda, hatto Hindistonda ham Boburni va uning avlodlarini «buyuk moʻgʻullar» deb atash odat boʻlib qolgan. «Buyuk moʻgʻullar» degan ibora Chingizxon va undan keyingi moʻgʻul qoonlari (Oʻqtoy qoon, Guyuk qoon, Munka qoon)ga taalluqli boʻlib, Boburiylar aslida Bobur avlodlaridir. Ular tarixiy hujjatlarda oʻzlarini «boburiy mirzolar» deb yuritishgan. V. V. Bartold dunyoda tarqalgan «buyuk moʻgʻullar» iborasining xato ekanligini koʻrsatib, «Yevropaliklar Temurni va uning oʻgʻillari hamda nabiralarini moʻgʻullardan tarqalgan deb hisoblab, (Bobur) saltanati uchun «buyuk moʻgʻullar» degan nom toʻqidilar», deb yozadi. Bu ibora esa Yevropadan Hindistonga «koʻchib» kelib, hindlar orasiga inglizcha kitoblar vositasi bilan tarqalgandir. Soʻnggi yillarda «buyuk moʻgʻullar» degan xato ibora oʻrniga «boburiylar» iborasi qoʻllanila boshladiki, bu ibora tarixiy haqiqatni toʻgʻri aks ettiradi. B. Hindistonda 332-y. hukmronlik qildilar. Boburiylarning vakillari: Zahiriddin Muhammad Bobur (1526—30), Humoyun (1530-39; 1555-56), Akbar ( 15561605), Jahongirshoh (1605—27), Shoh Jahon (1627-58), Avrangzeb Olamgir (1658—1707), Bahodirshoh I (1707-12), Jahondorshoh (1712—13), Farrux Siyar (1713-19), Muhammadshoh (1719-48), Ahmadshoh (1748—54), Olamgir II (175459), Shoh Olam II (1759-1806), Akbar II (1806—37), Bahodirshoh II (1837-58).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x