BOBOSURXOK TOGʻLARI

BOBOSURXOK TOGʻLARIHisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tuman i xududida. Eng baland joyi — 1790 m, oʻrtacha bal. 1500 — 1600 m. Shim. sharqdan jan. gʻarbga 9 — 10 km ga choʻzilgan. Mezokaynozoy yotqiziklari (ohaktosh, qumtosh, gipsli gil, mergel, konglomeratlar va b.) bilan qoplangan. Jan. yon bagʻri nisbatan tik. Karst shakllari (chuqurlar, gʻorlar) rivojlangan. Iqlimi quruq va issiq, tekisliklardan kam farq kidali. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 300 — 400 mm. Togʻ yon bagʻirlarida buloqlar mavjud. Efemer va efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Shim. sharqiy qismlarida 1500 m dan balandrokda archazorlar bor. Yaylov sifatida foydalaniladi. Antropogen taʼsir eroziyaning kuchayishiga, yaylovlarda oʻtning siyraklashishi va oʻrmon maydonlarining qisqarishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x