BOBONIYOZMATOV Meliboy (1837 Rishton — 1917) — rishtonlik kulol, kosagar usta. Kulollik hunarini otasi usta Boboniyozmatdan oʻrgangan. Rishton kulolligi uslubida ishlanadigan sopol idishlarning barcha turlarini yasash, naqshlash, pishirish jarayonini yaxshi bilgan. Rangbarang boʻyoqlarni qoʻllab xilmaxil yangi idishlar yasagani uchun ustalar orasida «chapdast usta» nomini olgan. Rishtonlik kulollar orasida birinchi boʻlib Gʻijduvon kulolligida yangi tarkalgan «tagi siyoh» («qora zaminlik») uslubini mukammal oʻrgangan, shu uslubda tayyorlagan idishlaridan namunalar Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые