“Bobong ulugʻ inson boʻlgani bilan sen hech kim boʻlsang, bundan nima foyda?!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Alloh taolo yoʻqotgan narsangning oʻrniga boshqasini beradi.

Alloh taolo seni Oʻz fazlida bilan boy qiladi.

Alloh taolo sening singan qalbingni tuzatadi.

Sening zaifligingni, hojatingni, tadbiring ozligini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Har qanday holatda ham faqat Unga suyan, Undan yordam soʻra!

“Fikr durdonalari”

*****

Barchamizning boshimizda ayblardan iborat yuklarimiz bor. Agar Alloh taoloning berkitishi boʻlmaganda edi xijolatdan boʻyinlarimiz sinib ketgan boʻlardi.

“Fikr durdonalari”

*****

Poyabzalim yoʻqligi uchun yigʻlayotgan edim, ikki oyogʻi yoʻq odamni koʻrib, yigʻidan toʻxtadim. Menga ikkita oyoq bergan Allohga hamd boʻlsin!

“Fikr durdonalari”

*****

Yer yuzida qanchadan qancha birov tanimaydigan kishilar bor. Ular samoda mashhurdirlar. Meʼyor taqvodadir, kuch-quvvatda emas.

“Fikr durdonalari”

*****

Olamni oʻzgartirishga urinardim. Ammo hozir bir hikmat meni qurshab oldi. Endi oʻzimni oʻzgartirishga urinaman.

Jaloliddin Rumiy rahimahulloh

*****

Gʻazablanib turganingda, gapirma. Gohida (bunday paytda) soʻzing toʻgʻri boʻlishi mumkin, lekin uslubing xato boʻladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar boʻrilar bilan yuzma-yuz kelish qoʻlingdan kelmasa, oʻrmonga kirma.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Bobong ulugʻ inson boʻlgan boʻlsa-da, agar sen hech kim boʻlsang, bundan nima foyda?!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Yetarlicha bosim ostida narsalarning va insonlarning haqiqiy maʼdani zohir boʻladi.

Mahmud Iroqiy

*****

Agar shakl va jism ruhdan muhimroq boʻlganida, ruh samoga koʻtarilmagan, jism esa tuproq ostiga koʻmilmagan boʻlardi.

“Fikr durdonalari”

*****

Faqat siringni saqlaydigan, aybingni yashiradigan, yaxshiliklaringni yoyadigan, solih amallarga chorlaydigan kishi bilan doʻst boʻl!

“Fikr durdonalari”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/bobong-ulug-inson-bolgani-bilan-sen-hech-kim-bolsang-bundan-nima-foyda/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x