BOBIYLIK — 19-a. ning4050-y. larida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy harakat. Asoschisi — Bob. Yer egalari, shoh zulmiga qarshi qaratilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari Bobiylik bayrogʻi ostida koʻtarilgan. Bob «Bayon» kitobida oʻzini Muhammad (sav) oʻrniga kelgan paygʻambar, oʻz kitobini esa Qurʼon va shariat asosining oʻrnini olishi kerak deb eʼlon qildi. Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambagʻallardan olinadigan soliqlarni bekor qilish, yirik yer egalarining xususiy mulkini tugatish, barcha molmulkni teng taqsimlashni talab qildi. Mavjud din va davlat tizimini agʻdarib tashlashni targʻib qildi. Bobiylar taʼqib etildi, ularning qoʻzgʻolonlari shafqatsiz bostirildi. Qutulib qolganlari yashirin holatga oʻtishdi yoki mamlakatni tark etishdi; ular orasida yangi oqimlar, jumladan bahoiylik vujudga keldi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые