BOʻYINTUMOR

BOʻYINTUMOR — ayollarning boʻyinga takadigan ziynat buyumi, tumor. B. qutichasi teng tomonli toʻgʻri burchakli uchburchak shaklida boʻlib, uchburchak gipotenuzasi asos vazifasini oʻtaydi. Koʻpincha ikki taraflama bezatiladi, bezak mujassamoti buyum shakliga toʻla boʻysundirilgan: bezak yuqori qismida juft shox shakli bilan yakunlanadi, quyi qismida zigʻiraklardan ishlangan tok novdalari joylashgan. Boʻyintumor asosiga marjon, sadaf va 6. munchoqlar, bargaklar, baʼzan ignasimon shokilalar osiladi. Boʻyintumor keyinchalik faqat bezak buyumiga aylangan. Boʻyintumorning ayrim koʻrinishlarini Xorazmdan topilgan sopol haykal (6—7a. lar) hamda suyakdan ishlangan taqinchoq (9 — 12-a. lar) da koʻrish mumkin. 19-a. da Boʻyintumor, shuningdek doʻppi, yelka, chakka, koʻkrakka ham taqilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x