BOʻRAGANSOY

BOʻRAGANSOYTurkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi soy. Shahriston dovonidan boshlanib, shim. yoʻnalishda oqadi va Xovos t. y. stansiyasiga yetmasdan, 4 km shim. sharqda tugaydi. Boʻragansoy boshlanishida Oltinkoʻlsoy, yuqori oqimida Boʻragansoy, oʻrta oqimida Shahristonsoy, quyi oqimida Sarmichsoy, Shoʻrbuloqsoy deb ham ataladi. Uz. 92 km, havzasining mayd. 712 km2. B. ning umumiy uz. 40 km boʻlgan 21 ta mayda irmogʻi bor. B. muz, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri apr. da boshlanib, avg. da tugaydi. Boʻragansoyning 75—80% oqimi shu davrda oqib oʻtadi. Suv sarfi may oyida keskin ortib iyunda 620 l/sek gacha yetadi, iyuldan esa kamayadi. Kishda suvi kamayadi, baʼzan qurib qoladi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 190 l/sek. Yozgi toʻlinsuv davrida suvining loyqaligi 4,7 kg/m3 gacha ortadi. Qishda suv yuzasi muzlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x