BOʻNOQXON, Bonyak (? 1167-y. dan soʻng) — qipchoqlar (poloveslar) xoni. Kiyev Rusi va Vizantiyaga muttasil chopqunlar qilib turgan. Yilnomalarda dastlab 1096-y. Kiyevga hujum kilganligi munosabati bilan yodga olingan. 1097 va 1105-y. larda rus yerlariga yana qayta chopqun uyushtirgan. 1107-y. Vladimir Monomax, Svyatopolk, Oleg va b. rus knyazlari qoʻshinlari tomonidan magʻlub qilingan. Yilnomada soʻnggi bor 1167-y. da, knyaz Oleg Svyatoslavichdan magʻlub boʻlganida yodga olingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые