BOʻLINMAS FOND

BOʻLINMAS FONDjamoa xoʻjaliklarining boʻlinmas fondi — jamoa xoʻjaliklari, shirkat xoʻjaliklarining aʼzolari oʻrtasida taqsimlanmaydigan jamgʻarmalar. B. f. tarkibi asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalari (binolar, inshootlar, turli texnika va mexanizmlar, transport vositalari, boquvdagi va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraxtlar, mevali bogʻlar, kollektordrenaj tarmoklari, gidrotexnika inshootlari, yoʻllar va ijtimoiy soha obyektlari, uzoq muddatli qoʻyilmalar, tugallanmagan qurilishlar va b.) va aylanma vositalar (turli xil xom ashyolar, tayyor mahsulotlar, urugʻlik, yemxashak va b. chorva ozuqa mahsulotlari, yoqilgʻi materiallari, oʻgʻit va kimyoviy preparatlar, ehtiyot qismlar, hisob raqamidagi pul mablagʻlari va b.) dan tashkil topadi. Boʻlinmas fond xoʻjalik sof foydasidan ajratmalar hisobiga koʻpaytiriladi va u kengaytirilgan takror i. ch. ni amalga oshirish, umumxoʻjalik va ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bajarishga sarflanadi. Boʻlinmas fond obyektlari va b. manbalari har yili xatlanadi hamda uning kelgusi hisobot yilidagi miqdori xoʻjalik umumiy yigʻilishida tasdiqlab beriladi.

Tarixan Boʻlinmas fondlar Oʻzbekistonda jamoa xoʻjaliklari tuzish davrida vujudga keldi. 1926-y. iyunda q. x. jamoalari sobiq Butunittifoq kengashida jamoa xoʻjaliklari Boʻlinmas fondni yaratish haqida qaror qabul qilinib, u 1927-y. martdagi «Jamoa xoʻjaliklari toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan amaliyotga joriy etildi. Boʻlinmas fond jamoa xoʻjaliklarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biroq ularning keyingi rivojlanish bosqichlarida sobiq Ittifoq iqtisodiy tizimida yoʻl qoʻyilgan xatokamchiliklar (mas, davlat xoʻjaliklarining rolini sunʼiy ravishda oshirilishi va jamoa xoʻjaliklariga eʼtiborning susayishi) tufayli Boʻlinmas fond, shu bilan birga xoʻjalikni tashkil etish jarayonida aʼzolarning qoʻshgan pay badallari ham davlat mulkiga aylantiridsi. Natijada Boʻlinmas fondlar barham topdi.

Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, q. x. korxonalarida kengaytirilgan takror i. ch. ni kafolatlash manbalarini yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. UzR Oliy Majlisining 11sessiyasida (1998-y. apr.) tasdiklangan «Qishloq xoʻjaligi shirkati toʻgʻrisida»gi Qonun asosida Boʻlinmas fond qaytadan tiklanib, amaliyotga joriy etildi. Boʻlinmas fondni tashkil etish va undan foydalanish tartibqridalari «Qishloq xoʻjaligi shirkatining Ustavi» va Q«ishloq xoʻjaligi shirkatining boʻlinmas fondini shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisida Nizom»ga (1998) asosan amalga oshiriladi. Bu hujjatlarga kura, shirkatning umumiy mulki, yaʼni Ustav kapitali pay jamgarmasi va Boʻlinmas fonddan tashkil topadi (B. f. miqdori Ustav kapitalining 40% dan kam boʻlmasligi kerak) va shirkat aʼzolari ularga nisbatan mustaqil tasarruf etish, egalik qilish, foydalanish kabi huquqlarni amalga oshiradilar. Shirkat qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan hollarda Boʻlinmas fond tarkibidagi ijtimoiy infratuzilma (maorif, madaniyat va b. sohalar obyektlari) qayta taqsimlanmay, balki umumiy yigʻilish yoki maxsus (tugatish) komissiya qarori bilan tegishli muassasa yoki mahalliy davlat organlari tasarrufiga beriladi. Boʻlinmas fond yaratish va undan foydalanish mexanizmi q. x. da ishlab chiqarishni hamda mulkiy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Qurbon Choriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x