BOʻLATCHI

BOʻLATCHI (Bulaji, Bulayji) (14a.) — dugʻlatlarnint yirik amiri. B. haqidagi maʼlumotlar faqat Muhammad Haydar (Boʻlatchi uning katta bobosi) ning T«arixi Rashidiy» asarida uchraydi. Boʻlatchi 1347—48 y. larda Sharqiy Turkistondagi Oqsu degan joyda Moʻgʻuliston taxtiga Tugʻluk Temurin oʻtqazgan. Taxm. 1359-y. B. Qunduzda TugʻluqTemurxondan yorliq olgan. Ushbu yorliqqa binoan xon dugʻlat qabilasi amirlariga toʻqqizta imtiyoz bergan. Boʻlatchining akaukalari koʻp boʻlgan. Ulardan biri Qamariddin bSlib, u Moʻgʻuliston xoni Ilyosxoʻjani oʻldirib, taxtni egallagan, soʻngra, Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib, koʻp vaqt davomida Amir Temurga qarshi jang qilgan. Boʻlatchi avlodlari 1514-y. gacha Sharqiy Turkistonga hukmronlik qilishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x