BLASTOTSISTA (blasto… va yun. Kystis — pufakcha) , blastoderma pufakchasi — sut emizuvchi hayvonlar va odam pushti (urugʻlangan tuxum hujayra)ning maydalanishi jarayonida hosil boʻladigan moruladan keyingi davri; boshqa organizmlarda blastula bosqichiga moye keladi. Tarkibida embrion tuguni boʻlib, undan embrion va uning qobigʻi (pardasi) hosil boʻladi. Blastotsista tashqi devoridan trofoblast vujudga keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые