Bizni jaholat – jahli murakkab. Munavvarqorining ijodidan namunalar


Post Views:
517

Maqola (“Taraqqiy” gazetasi, 1906 y. 14 iyun, № 1):

Har millatni maktab va madrasasi o‘ldig‘i kabi bizni ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul bo‘lsa ham, yo‘q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiyat va ta’limi ulumda ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham o‘z ma’sum avlodlarini jaholat va g‘aflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan kelganicha ta’lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko‘rsatmakchi zotlar mavjuddirlar. Va lekin dunyog‘a nima uchun kelganin bilmay, ilm va maorifg‘a aslo rag‘bat qilmay jonidin shirin bolalarini ko‘cha-bako‘cha kezdurub bechora ma’sumni umrini jaholat otashina yondirg‘uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur. Ko‘b dindoshlarimizni ko‘ramizki, o‘z farzandlarini aslo maktabg‘a bermay, orqalaridin ergashturib ruslar eshikida o‘zlari kabi xizmatchilikg‘a o‘rgatub dunyoi va oxiratni saodati o‘lg‘on ilm va maorifdin mahrum qo‘ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba’zi azizlarimiz bordurki, o‘g‘lini qo‘lidin tutub maktabg‘a olib borur. Muallimdin talab qilurki, ”Taqsir, shu o‘g‘limni go‘shti sizniki, ustuxoni bizniki, bir iloj qilib tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni o‘rgatib berursiz” der. “Eshakig‘a yarashur tushovi” degan satrlarni maqolicha, muallimlarni ham aksarlari qonuni ta’lim va tarbiyatdin butun-butun bexabar kishilar o‘lub, balki o‘quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidin bechora ma’sumlarni iste’dod uz-zotiyasig‘a nazaran ikki yil zarifida hech lavozimoti diniyyani bildurmoq mumkin o‘lg‘on holda to‘rt-besh yilg‘acha hijja usuli birla dunyoi va oxiratga foydasi o‘lmag‘on Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va Bedillar kabi mushkul manzuma kitoblarg‘a umri azizini barbod etarlar. Ey vatandoshlar! Diqqati nazar ila boqing! Bir bolani maktabg‘a bermakdin maqsud va ijobati diniyamiz o‘lg‘on ilmi qiroat, masoili e’tiqodiyya, farz, vojib, sunnat, mustahabi harom, makruh, namoz va ro‘za, haj va zakotlarini va ham zaruriyati dunyoviyamiz o‘lg‘on ilmi hisob, jug‘rofiya, tavorix, xususan tarixi islom kabi foydalik ilmlarni bildurmoq o‘lg‘on johil domlalarni ta’limi “Falonning qoshi qaro, ko‘zi qaro, yuzi oq, so‘zi shirin” deb bolalarni fasod axloqig‘a birinchi sabab o‘ladurg‘on manzuma kitoblar o‘lmish.

Bu xususda otada ham ayb yo‘q. Chunki bu bechorani e’tiqodida bolani o‘qutmak yolg‘iz naql va nasiya yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yo‘q. Chunki bu zikr qiling‘on umumi zaruriyatlarni bechora muallimni o‘zi ham bilmas, balki ba’zilarini ismini ham eshitkon emas. Bechora na qilsun? Nochor, befoyda bo‘lsa ham, maktablarda bolalarga o‘qitgudek bulardin boshqa bir kitob topilmag‘on zamonlarda o‘zi o‘qub bilg‘on kitoblari shu kitoblar o‘ldig‘-chun eski o‘runlarda eski tushlarini ko‘rmakdadur. Mani bu so‘zimdin Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedillar kabi ulug‘ zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g‘arazim bu kitoblarni zotini befoyda demak emas. Balki yosh bolalarga bu kitoblarni ta’limi befoyda demakdur. Masalan, bir bolag‘a Fuzuliy o‘rnig‘a ilmi qiroat, Navoiy o‘rnida masoili e’tiqodiyya, Xo‘ja Hofiz joyig‘a masoili amaliyot, Bedil badalig‘a ilmi hisob o‘qutulsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib musulmon o‘lur. Bil’aks, bu kitoblarni o‘z o‘qitulg‘on holda bu foydalardin mahrum qolib, balki fasodi axloqg‘a mubtalo o‘lmog‘i ham ehtimoldur. Chunki bu kitoblarni tasnif qilg‘on zotlar Alloh taologo qaribat paydo qilg‘on kishilar o‘lg‘onlari uchun etgon so‘zlarini zohiri shariatg‘a muxolif o‘lsa ham, haqiqati muvofiqdur. Chunonchi, mavlono Fuzuliy derki, fard:

Sanamlar sajdasidur, bizda toat tangri-chun, zohid
Kim, ki ko‘rsang, san o‘z diningda taklifi namoz ayla.

Yoki

Ho‘blar mehrob abro‘sina mayl etmaz faqya,
O‘lsa, kofirdur, musulmonlar, anga qilmang namoz.

Mavlono Hofiz derki:

May no‘sh, kim umri jozidoniy ni ast,
Kayfiyati ro‘zg‘ory foniy in ast,

Hangomi gul lolau yoron sarmast,
Xush bosh, dameki zindagony in ast.

Bu kabi so‘zlarni zohiri muxolifi kitobi sunnat bo‘lsa ham, haqiqati boshqadur. Ammo yosh bolalar, shubha yo‘qdirki, buni haqiqatini bilmaslar. Balki, o‘qutg‘on muallimlari ham bilmaslar. Nochor zohiriy ila amal qilib, fasodi axloqg‘a mubtalo o‘lmoq xavfi bordur. Ba’zi juhalo dermishki, bu tartib hazrat Imom A’zamni tartiblari, buni buzaman degan kishini o‘zi buzilur. Ajabo, bu kabi jaholat ham bo‘lurmu? Bu jahl-jahli murakkab emasmu? Chunki bu johillar hazrat Imom A’zamni umrlarida bu kitoblardin hech bir asar o‘lmog‘onini bilmaslar. Bilmaganlarini ham bilmaslar. Qachon ul janobni zamonlarida Fuzuliy yo Bedil, yo Xo‘ja, Hofiz, yo Navoiy bor edi? Qachon ul janob bu kitoblardin bolalarg‘a ta’lim berdilar? U janob kabi zotni xulqlarig‘a bu kabi yolg‘on, iftiro, tuhmat qilg‘on johilni inshoollo o‘zi buzilur.

Ba’zi nodonlar dermishki, shu kitoblarni o‘qumag‘uncha bolalarni savodi chiqmas. Bu ham e’tiqodi fosid va davo’i bedalildur. Chunki bu e’tiqod durust bo‘lsa edi, Turkiston viloyatidin boshqa viloyatlarda hech kimni savodi o‘lmas edi. Vaholanki, boshqa viloyatlarda ham bilmaydurg‘on kishi yuzdan o‘n o‘lsa, Turkiston viloyatida yuzdin to‘qsondur. Mundin ham ma’lum o‘lurki, savod chiqmoq bu kitoblarni o‘qumoqg‘a mavkuf emas. Balki bu kitoblar g‘oyat qiyinligidin bolalarni besavod qilmog‘iga ham sabab o‘lur. Chunki bu kitoblar o‘quldurg‘on maktablarda ellik boladan o‘n bola to‘rt-besh yilda bazo‘r ushbu kitoblarni o‘zinigina xatini tanub chiqur. Boshqa kitoblarni yana durust bilmas. Ammo bu kitoblar o‘qilmaydurg‘on jadidiy maktablarda ikki yil ichida ellik bolani qirq to‘quzi, balki hammasi alayalsaviya necha xil ilmlardin imtihon berib chiqar. Boz bu kitoblarni ham bilur. Xayr, durustroq ham bilmasun? Lekin, bilmagani birla bu bolani dunyosig‘a vamna oxiratig‘a hech bir zarar yo‘q. Chunki bu kitoblarni o‘zini dunyo va oxiratg‘a hech bir foydasi yo‘q. Balki zararini ehtimoli bolada zikr qilindi. Xayr, kelaluk saddi kalomga. O‘g‘lini maktabg‘a bermakdin maqsadi naql va nasiya yozdurmoq o‘lg‘on johil otani o‘g‘liga qilg‘on, muallim bechorani maktaba bergan kulfatini yozib biturmak mumkin emasdur. Ko‘rgusi va bilgusi kelgan kishi bizni Toshkent maktablarining birig‘a kirib, ikki soat istiqomat qilsun. Chunki, demak mumkindirki, muallim afandi qo‘lida zo‘r bir tayoq, qaysi bolani boshi harakatdan qolsa, ushbu tayoq shu bolani boshida o‘lur. Ammo o‘qug‘on-o‘qumag‘on ila hech kimni ishi yo‘q. Boshini qimirlatib o‘ltursa, kifoya qilur. Hattoki, o‘tkan yillarda bu tariqa zolim muallimlarni tayoqini ostida vafot qilmoq ham voqye’ o‘ldi. Bu tariqa zolim va badhulq johil muallimlarni tarbiyasida o‘skan bolalardin nima umid qilmoq kerak. Fasodi axloqdin boshqa bir ish o‘rganmas. Johil otalarni umid etduklari naqd va nasiya yozmoq ham tanho o‘ndir bir, yigirmadin bir bolag‘a hosil o‘lub, boshqalari esa “Maktabda o‘qumoq igna ila choh qazimoqdan ham qiyin (mushkul) ekan”, deya-deya qochar-ketar. Bunga sabab muallimning badxulqligi, maktabni benizomligi o‘lur. Agar bizlarni maktablarimiz boshqa millatlar maktablari kabi bir nizomg‘a qo‘yilub, yaxshi muallimlik vazifasini lozimincha ado qilurlik kishilardin muallimlar tayin qilinsa edi”, ma’sum avlodarimizni ruhoniy hayotig‘a, dunyo va oxiratini saodatig‘a birinchi sabab o‘ladurg‘on ham va maorifin bu darajada mahrum o‘lmoqig‘a sabab o‘lmas eduk. Ey qardoshlar va ey millatdoshlar!! Ko‘zumizni g‘aflat uyqusidin ochib atrofimizga nazar solmakimiz lozimdur. Har millat o‘z saodati, hol va istiqbolini muhofazatig‘a birinchi vosita ilm o‘lmog‘ig‘a qanoat hosil qilub, ilm va maorifg‘a ortuq darajada ko‘shish qilg‘on bu zamonda bizlar bu g‘aflat va jaholatimizda davom etsak, istiqbolimiz nihoyatda xavflik o‘lub, hamma olamga masxara va kulgu o‘lmog‘imizda shubha yo‘qdur. Balki bu jaholat zulmatida saodati oxiriyadan ham mahrum qolmoq xavflidur. Bu jaholat natijasidurki, o‘zimiz yerlik musulmonlardan o‘ldug‘imiz holda, musofir va rus va yahudiylar eshikida mardikor va xizmatchi o‘lduk. Va bu jaholat xohishidurki, millat foydasi uchun jonin qurbon qilmoqg‘a loyiq arslon kabi yigitlarimiz butun millatni yodlaridin chiqarib, iste’dod va g‘ayratlarini choyxona fivaxonalarga sarf etmakdadurlar.

 

Metodik-bibliografik qo‘llanma

© Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008 y.

https://shosh.uz/uz/bizni-jaholat-jahli-murakkab-munavvarqorining-ijodidan-namunalar-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x