BIZNESFOND

BIZNESFOND, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllabquvvatlash fondi — OʻzRda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi maxsus nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1993 i. 21-iyulda «Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi fond» nomi bilan tashkil etildi (1995-y. 26-iyulda hoz. nomda qayta tuzildi). Biznesfond Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent sh. da 14 boshqarma, 174 axborotkonsalting markazlariga ega. Biznesfond «Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun (25.4.1996) ga muvofiq ish yuritib, dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirish; q. x. mahsulotlarini qayta ishlash; mahalliy sanoatni rivojlantirish; qurilish va qurilish industriyasi; xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish; turizm kabi sohalardagi ishbilarmonlik faoliyatini imtiyozli kredit bilan taʼminlaydi. Kreditlash muddati 3 — 10 yil, toʻlovlar muddatini 2 — 5 yilgacha uzaytirish mumkin. Kredit foiz qoʻyilmasi 10 — 25%. B. f. kapitali OʻzR Davlat mulk qoʻmitasining davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlaridan (30%), Bandlikka koʻmaklashuvchi fond tushumlaridan (10%), OʻzR rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari va b. mablagʻlardan shakllanadi.

Anvar Yusupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x