BITOV

BITOV — organizmdagi tabiiy teshik, nay (mas, ayol jinsiy yoʻllari) ning tugʻma yoʻqligi (rivojlanish nuqsoni) yoki bitib qolishi. Koʻpincha tugʻma boʻladi. Qiz bola yoshligida yuqumli kasallik (skarlatina, difteriya, qizamiq va b.) bilan ogʻrishi oqibatida ham yuzaga keladi. Jinsiy yoʻllarning yalligʻlanib chandiqlanishi, baʼzan tanosil aʼzolarining yaralanishi Bitovga sabab boʻladi. Bitov koʻpincha qiz bola balogʻatga yetib hayz koʻrmay qolgandagina bilinadi. Bitovda hayz qoni dastlab qinga, keyin bachadon va naylariga, nihoyat qorin boʻshligʻiga oʻtib, qorin pasti ogʻriydi. Bitovning oldini olish uchun qiz bolani yoshligidayoq mutaxassis vrach (ginekolog) koʻrigidan oʻtkazib turish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x