BITIK

BITIK — 1) tor maʼnoda — yozuv, xujjat. Bitiklar turli hajmda boʻlgan. Ular kdd. turk davriga (eng qad. davrdan 2-a. gacha) mansub boʻlib, turkiy tildagi yozma yodgorliklarni va b. tillardan qad. turkiy tilga qilingan tarjima asarlarni oʻz ichiga olgan. Eng katta B. Moyun 80 qatordan iborat. Turkiy Bitiklar UrxunEnisey, uygʻur, sugʻd, moniy, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Ular kabr toshlariga, marmar tosh, oyna, teri va qoyalarga, sopol, yogʻoch, metall idishlarga yozilgan. Ungin (Ukraina) daryosi boʻyidan topilgan Bitik turkiy yozma adabiyotining eng kad. va mukammal namunasi hisoblanadi. Bitik larda tarixiylik, xalq ogʻzaki ijodi, miflar qorishiq tavsifda boʻlgan va ular yozma adabiyotning alohida turini yuzaga keltirgan;

2) keng maʼnoda — kitob. Maye, «Taʼbirnoma» («Irq bitik») da kitob maʼnosi ifodalangan.

Ad.: Malov S. Ye., Yeniseyskaya pismennost tyurkov, M. —L., 1952; Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, T., 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x