BISMILLOH

BISMILLOH, Bismillohir rahmonir rahim (arab. — Rahmli va mehribon Alloh nomi b-n) — islomda kup tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat. Qurʼonning hamma suralari (9suradan tashqari) shu kalima bilan boshlanadi. Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mexribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. Qurʼon tilovatida Bismilloh oldidan «Aʼuzu billohi minashshaytonir rajim» («Shaytonning yomonligidan Alloxdan panoh tilayman») ham qoʻshib aytiladi. Buni har qanday ish va xattiharakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli boʻlish mazmunida ham talqin etadilar. Bismilloh maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda «basmala» nomi bilan ham yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x