BIRRANGA TOGʻLARI — Taymir ya o. ning shim. qismidagi togʻlar. Krasnoyarsk oʻlkasidagi Taymir (DolganNeneslar) muxtor okrugida. Uz. qariyb 1100 km. Eng baland joyi dengiz sathidan 1146 m. B. t. chuqur vodiylar bilan kesilgan yassi choʻqqili tizmalar oʻlkasi. Birranga togʻlarida muzliklar (umumiy mayd. salkam 30 km2) bor. Asosan effuziv jinslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari toshloq arktika tundrasidan iborat.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые