Koʻp tomoshabinlar “Shoushenkdan qochish” filmi va unga asos boʻlgan qissa oʻrtasidagi farqlarni koʻrib hayron boʻladi. Aslida, bu adabiyot va sanʼatda uchrab turadigan hol. Ushbu asar mavzusi va uslubiga koʻra ham Stiven King asarlari orasida ajralib turadi. Chunki yozuvchi “qoʻrqinchlar qiroli” sifatida mashhur. Yozganlarining aksariyatida dahshatli voqealar tasvirlangan.
Adib bir kuni bir ziyoli kampir bilan suhbatlashib qoladi. U Kingning birorta asarini oʻqimaganini aytadi va “Shoushenkdan qochish” singari jiddiy kitoblarni maʼqul koʻrishini taʼkidlaydi. Yozuvchi har qancha urinmasin, ushbu asar uning qalamiga mansub ekaniga qariyani ishontira olmaydi.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/birorta-asaringingizni-oqimaganman/