“Biror insonga foydang tegmasa, hech boʻlmasa zararing ham tegmasin”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Texnologiya hamma narsani qora (balchiqqa) belashidan oldin bolaligimni oʻtkazganimga xursandman.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Miyangdan foydalan! Axir u tekin-ku!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Eski doʻstingni tark etma. Chunki yangi doʻst u kabi boʻlmasligi mumkin.

Sulaymon Hakim

*****

Oliyjanoblik – birorta inson seni koʻrmay turgan paytda ishingni puxta, sahih qilib bajarishingdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Odamlar bilan boʻladigan aloqam daraxt barglariga oʻxshaydi.

(Daraxt  shoxi, bargi daraxtda qolsa, unib-oʻsadi, daraxtga foydasi tegadi, uzilib yerga tushgani esa hech qachon daraxtga kelib qaytadan yopishmaydi.) Yonimda qolgan insonning foydasi tegadi. Yonimdan ketgani qaytib kelmaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Boshingdan qiyin kunlarni oʻtkazayotganingda, “Ishlaringga biz eʼtibor beramiz, yoningdamiz” degan odamlarning qandayligini bilib olasan.

“Sukutdagi sadolar”

*****

Baʼzi insonlar koʻnglimizda “Kelgusida ularga oʻxshaganlardan qanday chetlanishimiz borasida” tajriba qoldiradilar. 

“Sukutdagi sadolar”

*****

Biror narsaga nisbatan «Sinib qolmasmikin!» degan qoʻrquv bilan keragidan ortiq xavotir boʻlishing sening sinishingga, uni esa butun qolishiga sabab boʻladi.

(Bu xavotir seni ich-ichingdan kemiradi. Oʻsha narsaga yoki insonga hech narsa boʻlmasligi mumkin, ammo sen oʻylayverib, xavotirlanaverib ado boʻlasan deyilmoqchi.)

*****

  • Biror insonga foydang tegmasa, hech boʻlmasa zararing ham tegmasin!
  • Biror insonni xursand qilolmasang, hech boʻlmasa xafa ham qilma!
  • Biror inson haqida yaxshi soʻz aytolmasang, hech boʻlmasa yomon soʻz ham aytma!
  • Birovning yutugʻidan xursand boʻlolmasang, hech boʻlmasa hasad ham qilma!

«Oʻzingni tuzat» sahifasidan

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/biror-insonga-foydang-tegmasa-hech-bolmasa-zararing-ham-tegmasin/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x