BIRMINGEM

BIRMINGEM (Birmingham) Buyuk Britaniyadagi shahar. UestMidlends metropoliten grafligining maʼmuriy markazi (Markaziy Angliya) . Aholisi 2,3 mln. kishi (1992, shahar atrofi b-n). Birmingem birinchi marta 11-a. ga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. 13-a. da uzining yarmarkalari bilan shuhrat qozongan. 16-a. da metalldan ishlangan buyumlari bilan mashhur bulgan. 20-a. boshida harbiy z-dlar kurila boshlandi. 2-jahon urushi davrida shaharga ancha zarar yetgan. Birmingem sanoat shahri, muhim transport tuguni. Gʻarbiy Midlend iqtisodiy r-nining markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik, jumladan avtomobilsozlik, metallsozlik, kimyo (asosan shina va plastmassa), elektrotexnika («Jeneral elektrik»), rezina va xarbiy sanoat. Poligrafiya, rangli metallurgiya sanoati korxonalari ham bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan SentMartin cherkovi (13-a.), ratusha (183252), SentChed sobori (1839 — 41) va b. saqlangan. Unt (1900-y. dan), texnika kollejlari, shaxar muzeyi, rasmlar galereyasi, nafis sanʼat in-ti galereyasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x