BIRJA

BIRJA (gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldisotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Birjaga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. Birjada brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat koʻrsatadi. Birja va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.

Tovar Birjasi ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va b.)ni standartlar yoki namunalar boʻyicha sotadi. Ayrim Birjalar faqat bir guruh tovarlar savdosi boʻyicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar maʼlum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan koʻp narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. Birja narxlari haqidagi maʼlumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida eʼlon qilib boriladi.

Oʻzbekistonda 1994-y. dan Respublika tovarxom ashyo Birjasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991-y. avg. dan «Uzbekistan» respublika universal agrosanoat Birjasi, shuningdek respublikada i. ch. vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shugʻullanadigan «Oʻzulgurjibirjasavdo» — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlataksiyadorlik uyushmasi (1994-y. mart) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Respublika koʻchmas mulk B. sida (1994 i. mart) koʻchmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot boʻlgan korxonalar va b. mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.

Fond Birjasi aksiyalar va obligatsiyalar b-n oldisotdi muomalasini olib boradi. Bundam Birja larda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar bilan birga chet el qimmatbaho qogozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond Birja sidagi bitishuvlarda qimmatbaho qogozlar haqi savdolashuvning oʻzida yoki 2—3 kun keyin toʻlanadi (kassa bitishuvi) yoki hisobkitoblar bir oy muddatda oʻtkaziladi (muddatli bitishuv). Birjada ish koʻrayotganlar qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katga fonda koʻradilar. Yirik fond Birja lari NyuYork, Tokio, London, Parij, Bazel, Moskva va b. shaharlarda joylashgan. Oʻzbekistonda «Toshkent» respublika fond Birja erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shugʻullanadi (1994-y. apr. da ta sh kil etilgan).

Valyuta Birjasi valyutalar bozorini oʻtkazadi va valyutalar kotirovkasini amalga oshiradi. Hoz. sharoitlarda keng koʻlamli valyuta savdosi yirik banklar oʻrtasida olib boriladi, ammo ayrim mamlakatlarda banklararo valyuta bozori bilan birga maxsus valyuta Birjalari ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi 1992-y. 22-iyunda tuzilgan. Chet el valyutasi savdosini tashkil etish bilan shugʻullanadi. 1994-y. 15 apr. dan muntazam savdo oʻtkazadi.

Dastlabki Birjalar 15—16-a. larda Italiya, Gollandiya, Angliyada paydo boʻlib, 19-a. ning 2-yarmida juda rivojlandi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 20-y. larida Birjalar mavjud boʻlib, ulardan koʻp ukladli iqtisodiyot sharoitida bozorni davlat tomonidan boshqarish maqsadida foydalanilgan edi. 1991-y. dan mamlakatning bozor iktisodiyotiga utishi davrida Oʻzbekistonda respublika universal tovarfond Birjasi (1991-y. avg. da tuzilgan), viloyatlarda respublika Birja larining boʻlim va vakolatxonalari hamda mustaqil tovar va tovarxom ashyo Birjalari faoliyat boshladi. 1996-y. dan Toshkent sh. da hamma turdagi Birja savdolarini utkazishga ixtisoslashgan va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan Respublika Birja markazi ishga tushirildi.

Birja savdosi har bir mamlakatda muayyan qonunlar majmui asosida tartibga solinadi. Qonunlar narxlar bilan qalloblik qilishni hampa bankropmiknint oldini olish maqsadlarini koʻzlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda keyingi 20 yil ichida Birja savdosini qonunchilik yoʻli b-n tartibga solish kuchaydi. Ilgari koʻpgina mamlakatlarda Birja muomalasi, asosan, Birjaning oʻzida ishlab chiqilgan meʼyor hamda qonunlar asosida tartibga solinar edi. AQSHda 1973-y. dan fyuchers B. lari ishini barcha tovar fyuchers savdosi boʻyicha komissiya boshqaradi. Uning xodimlari tarkibini Prezident tayinlaydi va Kongress tasdiklaydi. Angliyada 1986-y. gacha tovar Birjasi faoliyatini Angliya banki kuzatib turgan, 1986-y. dan bu vazifani qimmatbaho qogʻozlar va investitsiya boʻyicha Kengash bajaradi. Fransiyada bunday boshqarish fyuchers tovar bozori boʻyicha komissiyaga, Yaponiyada turli vazirliklar (moliya, q. x., tashqi savdo hamda sanoat) ga yuklatilgan. Oʻzbekistonda 1992-y. 2-iyulda «Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida» Qonun qabul qilindi. 1992-y. martdan Vazirlar Mahkamasi qarori b-n B. lar ishini muvofiqlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi birjalari kengashi tuzildi, 1995-y. sent. da respublika Moliya vazirligi qoshida Qimmatbaho qogʻozlar va fond Birjalari boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Komissiya qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va korxonalar hamda davlat boshqaruvi organlarining Birja dagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi.

Sherqul Shodmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x