“Bir ogʻiz gapirmasingdan turib seni eshitadiganlar va tushunadiganlarni ehtiyot qil!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Oʻzingda bor narsalar haqida tafakkur qil, oʻzingda yoʻq narsalar haqida emas. Senda bor narsalar Allohning karamidandir. Senda yoʻq narsalar Allohning hikmatidandir.

“Hikmat durdonalari”

*****

Agar seni qorongʻuda topa olmasam, (tong otib, atrof) yorugʻ boʻlganda senga ehtiyojim yoʻq.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Shaytonlar – Vatan uchun emas, balki Vatanga qarshi urushuvchilardir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Laganbardorlik va munofiqlikni bas qil! Nima boʻlgan taqdirda ham haqiqatni gapir! Sening yoningda qoladiganlar bitta qoʻlingdagi barmoqlar adadidan oshmaydi. Lekin ana oʻshalar sen bilan bir umrga birga boʻladilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Muammo haqni bilishda emas. Balki natija nima boʻlishidan qatʼi nazar haqni aytishdadir.

Muhammad Gʻazoliy rahimahulloh

*****

Odamlarning tasarruflarini kuzatadilar.

Odamlarning xulq-atvorini tanqid qiladilar.

Odamlarning niyatlarini tahlil qiladilar.

Shu bilan oʻz hayotlarini yashamay, balki odamlarning hayotini yashab umrlari oʻtib ketadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Bir ogʻiz gapirmasingdan turib seni eshitadiganlar va tushunadiganlarni ehtiyot qil!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Kutayotgan kishi uchun vaqt sekin oʻtayotgandek tuyuladi.

Qoʻrqayotgan kishi uchun vaqt tez oʻtayotgandek tuyuladi.

Mahzun kishi uchun vaqt uzundek tuyuladi.

Oʻyin-kulgi qilayotgan kishi uchun vaqt qisqadek tuyuladi.

“Hikmat durdonalari”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/bir-ogiz-gapirmasingdan-turib-seni-eshitadiganlar-va-tushunadiganlarni-ehtiyot-qil/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x