Bir ko‘krakka sut kelib, ikkinchi ko‘krakka kelmasligining sababi nima?
🟠 Ona suti — bu bola uchun eng maqbul ozuqa hisoblanadi. Ona sutida boshqa hech qanday mahsulotda bo‘lmagan vitamin, immunoglobulin va mikroelementlar mavjud.
🟢 Sut kelishi uchun bola ona ko‘kragini emishi lozim, chunki sut kelishiga mas’ul gormon — prolaktin gormoni bola ko‘krakni emganida ko‘proq hosil bo‘ladi. Ona suti qaytib ketishi bola ko‘krakni emmay qo‘ysa, sodir bo‘ladi.
🔵 Bola ko‘krakni to‘liq, uzoq vaqt davomida emishi lozim. Ikkala ko‘krak ham bir xil berilishi kerak. Sut yaxshi kelishi uchun onaning yaxshi dam olishi, yaxshi ovqatlanishi, asabiylashmasligi muhim o‘rin tutadi.
✅ Emizish vaqtga qarab belgilanmaydi, bola qachon xohlasa, shu vaqtda emiziladi.