Bir ajib kun seni uchratdim
Yo sen oʻzing uchratding meni.
Men oʻzimni senga oʻrgatdim
Yo oʻzingga oʻrgatding meni.
Endi yurak yigʻlaydi yum-yum
Qarab qoʻysang kimgadir kulib.
Oʻsha qizning yonida doim
Yurgin deydi qorovul boʻlib.
Saraladim soʻzlar atrini,
Bir guldasta tuza oldimmi?
Bilolmadim, biror satrimni
Yuragingga yoza oldimmi?
Uzun-uzun, yoʻllardir uzun,
Bu yoʻllarda adashdim koʻp bor.
Endi boshqa adashmaslik-chun
Qoʻllaringdan tutaman, dildor.
Orif Tolib
2011
https://saviya.uz/ijod/nazm/bir-ajib-kun/