BIOTIP (bio… va yun. typos — namuna, nusxa) — mahalliy populyatsiya tarkibiga mansub oʻsimlik turining tashqi koʻrinishi bilan farklanmaydigan, lekin biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va oʻzgarmas boʻlgan guruhi. Chetdan changlanuvchi turlar populyatsiyalarida avlodni alohida ajratib qoʻyib takroriy tanlash (q. Takroriy chatishtirish) bilan yoki birbiriga yaqin turlarni koʻp martalab chatishtirib (q. Inbriding) koʻpaytirish yoʻli bilan Biotip chiqarish mumkin. Baʼzan koʻp turlardan tashkil topgan va muayyan yashash sharoitlaridan foydalanishiga koʻra oʻxshash moslanishlarga ega boʻlgan organizmlarning katta guruhlari ham biologik tiplar yoki xayotiy formalar deb ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые