BIOKOMPYUTER

BIOKOMPYUTER — oʻta tezkor va katta integratsiya koeffitsiyentiga ega boʻlgan biomikrosxemalar asosida yaratilgan elektron hisoblash mashinasi. B. yaratish uchun molekulyar elementlar va molekulalar tizimi (ansambli)ni loyihalash, molekulyar elementlardan eng koʻp foydalanuvchi yangi biomikrosxemali texnikani ishlab chiqish va bioqurilma hamda tizimlarni i. ch. ning tamoman yangi texnologiyasini, mas, submikron va nanotexnologiya kabi jarayonlarni ishlab chikish zarur. Hoz. vaktda bu yoʻnalishlarda anchagina muhim nazariy va amaliy natijalarga erishilgan. Biokompyuter larning turli loyihalari mavjud. Biokompyuterning asosiy qismlari: axborotni matritsaviy parallel usulda kiritish qurilmasi; molekulyar tezkor xotiraga ega boʻlgan molekulyar mikroprotsessor; axborotni optik usulda kiritish va chiqarish qurilmalari. Axborotlarni toʻplash, tarqatish, ularga ishlov berish va boshkaruv tizimlari kabi qurilmalar Biokompyuter asosida loyihalansa, har tomonlama ixcham va iqtisodiy jihatdan arzon boʻlgan koʻp funksiyali biokomplekslarni ishlab chiqish imkoniyati paydo boʻladi. Biokompyuter va biokomplekslar yaratish yuzasidan ilmiytexnikaviy izlanishlar, ayniqsa, biosxemotexnika va yangi texnologik jarayonlar bilan bogʻliq ishlar olib borilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x