BIOGEN ELEMENTLAR

BIOGEN ELEMENTLAR — organizmlar tarkibida doim boʻladigan va ularning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan kimyoviy elementlar. Ularga avvalo kislorod, uglerod, vodorod, kalsiy, azot, kaliy, fosfor, magniy, oltingugurt, xlor, natriy, temir kiradi. Analitik kimyo va spektral analiz muvaffaqiyatlari tufayli organizmlar tarkibida juda oz mikdorda boʻladigan elementlar (mikroelementlar) topilmoqda va ularning biologik roli aniqlanmoqda. Tabiiy sharoitda organizmlarning hujayra va toʻqimalarida mavjud boʻlgan barcha kimyoviy elementlar muayyan fiziologik rol oʻynaydi. Organizmlar tarkibidagi elementlarning mikdori shu organizmlar turining xususiyatlariga, muhit, ovqat tarkibiga (jumladan, oʻsimliklar uchun — tuprokdagi tuzlar konsentratsiyasiga va eruvchanligiga), organizmning ekologik xususiyatlari va b. ga bogʻliq.

Biogen elementlardan birortasi organizmda yetarli mikdorda boʻlmasa kasallik roʻy beradi (biogeokimyoviy endemiyalar), mas, suvda va ovqatda yod yetishmasa, odam buqoq boʻladi yoki bor yetishmaganda qand lavlagi qora dogʻli boʻlib qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x