BIOFIZIKA

BIOFIZIKA, biologik fizika — biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga taʼsir kursatadigan har xil fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etiladigan obyekt tuzilishi darajasiga binoan Biofizikani molekulyar Biofizika, hujayra B. si, murakkab biologik sistemalar Biofizika siga ajratiladi. Molekulyar Biofizika makromolekulalar va b. muhim biologik birikmalar tuzilishi va funksional xususiyatlarini; hujayra Biofizikasi hujayra hayotiy faoliyati asosini tashkil etadigan fizikkimyoviy jarayonlar hamda hujayra tarkibiga kiradigan struktura elementlari (ayniqsa membrana strukturasi)ning ahamiyatini; biologik sistemalar Biofizikasi toʻqima, organizm va tabiiy jamoalarda sodir boʻladigan biologik jarayonlarning oʻzaro taʼsiri va boshqarilishini hamda matematik modellashtirilishini oʻrganadi. Oʻrganish obyekti va metodlariga koʻra B. molekulyar biol., bioorganik kimyo, biokimyo fanlariga yaqin boʻlganidan koʻpincha bu fanlar b-n birga fizikkimyoviy biol. ga birlashtiriladi.

Biofizika biologik tushunchalarning fizika, fizik kimyo hamda mat. goyalari va metodlari bilan oʻzaro kirishuvi tufayli vujudga kelgan. Mexanika qonuniyatlarini organizmni oʻrganishga (qon aylanishi, tovush va yorugʻlikni sezish) tatbiq qilishga urinish birinchi marta 17-a. da sodir boʻlgan. 18-a. oxirida L. Galvani va A. Volta tomonidan «hayvon elektri»ning kashf etilishi fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻddi. 19-a. va 20a. boshlarida organizm energetikasi prinsiplari (Yu. R. Mayer); koʻrish va eshitish organlari ishlashining fizik asoslari hamda biologik strukturalar b-n yorugʻlikning oʻzaro taʼsiri (G. Gelmgols, K. A. Timiryazev, P. P. Lazarev), toʻqima va hujayradagi osmotik va bioelektrik hodisalar (E. DyubuaRaymon, Yu. Bernshteyn, J. Lyob, V. Nernst) tugʻrisidagi asosiy tushunchalarga asos solindi. Ochiq biologik sistemalar termodinamikasi, energetik jarayonlardagi energiya oʻzgarishlari hamda membranasi orqali transport qilinishi va u bilan bogʻliq bioelektrik hodisalar, muskul qisqarishi va b. harakat shakllari (G. M. Frank), fotobiologik jarayonlar (A. N. Terenin, A. A. Krasnovskiy) Biofizikaning rivojlanib kelayotgan sohalari hisoblanadi. Biologik sistemalarning uzuzini tashkil qilishi va boshqarilishi ham xuddi shunday sohalar qatoriga kiradi.

Bunday tadqiqotlar Biofizikani kibernetika va xronobiologiya bilan bogʻlaydi.

Oʻzbekistonda Biofizikaga oid tadqiqotlar 20-a. ning 60-y. larida Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida, OʻzMUning biokimyo, keyinchalik Biofizika kafedralarida boshlangan. Asosiy tadqiqotlar ionlarning faol transporti, membrana funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi, membrana faol birikmalarining taʼsir mexanizmini aniqlashga bagʻishlangan. Tadqiqotlarda Na K—ATFaza ferment sistemasi barcha hujayralarning plazmatik membranasi uchun umumiyligi, buyrak nefronlari fiziologik xususiyatlari transport fermentlari kinetik xususiyatlari bilan bogʻliqligi aniqlandi (B. O. Toshmuhamedov, 3. U. Bekmuhamedova). Membrana Biofizika sining elektrogenez mexanizmlari; ilon, chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab utkazuvchi neyrotoksinlar; umurtqalilar va hasharotlar sinapslari glutamat neyroretseptorlari oʻrganildi (P. B. Usmonov), sunʼiy qoʻshqavatli membranalarni rekonstruksiya qilish amalga oshirildi (E. M. Mahmudova). Shuning bilan birga membranalarda oqsil va lipidlarning oʻzaro taʼsiri (T. F. Oripov), membrana fermentativ katalizi (M. M. Rahimov), membranalarning radiatsiya bilan shikastlanishi A(. Q. Qosimov), mitoxondriyalar ion regulyatsiyasi, mitoxondriya va butun hujayradagi bioenergetik jarayonlarning fiziologik regulyatsiyasi (A. I. Gagelgans, M. X. Zaynutdinov) oʻrganilgan. Oʻzbekistonda Biofizikaga oid ilmiy tadqiqotlar FA Fiziologiya va biofizika in-tida, OʻzMUning biofizika kafedrasida va b. oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi. Biofizikaning koʻp sohalari tibbiyot, q. x. va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega (quyosh nuridan foydalanish, biofizik metodlar va fizik taʼsirlarni, mas, ultratovush, lazer nurini tibbiyotda qoʻllash va b.).

Bekjon Toshmuhimedov, Mahmud Qosimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x