BINOIY (taxallusi; asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453, Hirot — 1512, Qarshi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan. 1487-y. gacha Hirotda adabiyot, sheʼr ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini oʻrgangan. Navoiy uning «bagʻoyat qobiliyati bor»ligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl koʻrgizgani va «xele ishlar tasiif» qilganini aytgan («Majolis unnafois»). B. 1487-y. da Tabrizga ketgan, u yerda Xurramiy, Ogahiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar b-n muloqotda boʻlgan. 1491-y. Hirotga qaytgan, 1495-y. da Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat «Behruz va Bahrom» masnaviysini yozib tugatgan (1500). Masnaviyda ijtimoiysiyosiy, axloqiytarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bagʻishlab «Majmaʼ ulgʻaroyib» qasidasini yozgan (1498). Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan, harbiy yurishlarida tarixchi sifatida ishtirok etgan. Shayboniyxon vafotidan soʻng B. Qarshiga kelgan (1510). Safaviylar Movarounnahrga yurish qilib, bu yerda uyushtirgan ommaviy qirgʻin paytida oʻldirilgan.
«Shayboniynoma» asarida 15-a. oʻrtalaridan 1505-y. gacha Movarounnahr va Dashti Qipchoqda sodir boʻlgan voqealar tasvirlangan, «Shahanshohnoma»sida esa Ismoil Safaviyning harbiy yurishlari, 16-a. boshlaridagi Buxoro xonligi b-n Eron oʻrtasidagi munosabatlar ifodalangan. Shoirning 4282 misradan iborat sheʼriy devoni, «Futuhoti xoniy», «Hikoyati safari Binoiy» kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan N«oʻhrang» («Toʻqqiz rang») asari ilmiy va badiiy qimmatga ega.
Ad.: Bobur 3. M., Boburnoma, T., 1960; Mirzayev A., Binai, Dushanbe, 1957.