BINO — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va i. ch. maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat Bino lari (maktab, teatr, kasalxona, magazin, hammom va h. k.) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro vasanoat Binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari: koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevor, ustunlar, devorlar), toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlar, yopmalar) va tom. B. lar moʻljaldagi xizmat muddatiga qarab, muvaqqat va kapital xillarga boʻlinadi. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va b.) boʻlinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые