BILAKUZUKLAR

BILAKUZUKLAR, ilonquyruqlar (Ablepharus) — ssinklar oilasiga mansub kaltakesaklar urugi. 32 taga yaqin turi bor. Jan. Gʻarbiy Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya va Tinch okeani o. larida tarqalgan. Boʻyi 11 sm ga yaqin. Oʻzbekistonda Osiyo B. (A. brandti), Markaziy va jan. hududlarda choʻl B. (A. deserti), deyarli hamma joylarda va Toshkent viloyatining togli hududlarida oloy Bilakuzuklar (A. alaicus) tarqalgan. Bilakuzuklarning oyoqlari zaif, 2 — 5 barmokli. Tanasi koʻpincha toʻq kulrang, ikki yonida qoramtir yoʻllari boʻladi. Ana shuning uchun bilakuzuklar deb ataladi. Dasht, choʻl, togʻ va oʻrmonlarda yashaydi, tez harakat qiladi. Kalin oʻtlar orasida qisqa oyoqlarini bagʻriga bosib, ilonga oʻxshab yurgani uchun ilonquyruq deb ham ataladi. Bilakuzuklar xavf tugʻilganida toshlar orasiga, kovaklarga yoki boshqa hayvonlar uyalariga yashirinadi. Koʻp turlari tuxum qoʻyadi. Baland togʻlarda yashaydigan turlari tirik tugʻadi. Bilakuzuklar turli hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x