BIFIDUMBAKTERIN probiotiki

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Bifidumbakterin kukuni

#Бифидумбактерин кукуни

💊DORI SHAKLI 👇

Ichga qabul qilish uchun , suspenziya tayyorlab ichish uchun liofizilat kukun ko’rinishida .

💊TARKIBI 👇

Bifidumbakterin. Ko’plab bifidobakteriyalar saqlaydi.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Ichak normal mikroflorasini yaxshilovchi vosita. Probiotik vosita.

Farmakologik ta’siri — ichak mikroflorasini normallashtirish.

Ko’p patogen va shartli ravishda antagonistik ta’sirga ega patogenlar. Bu oshqozon-ichak traktining faoliyatini normallashtiradi, ichak kasalliklarining cho’zilib ketgan shakllanishining oldini oladi, bir qator vitaminlar va boshqa moddalarning buzilgan enteral sintezini tiklashga yordam beradi.

Bifidumbakterin – ichak mikroflorasini normallashtiradi, immunitetni ragʻbatlantiruvchi vositadir. Bifidumbakterin probiotik boʻlib hisoblanadi va liofil quritilgan antagonistik faol tirik bifidobakteriyalar saqlaydi. Keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonisti boʻlib hisoblanadi. Ovqat hazm qilish jarayoni va meʼda-ichak yoʻllarining funksiyasini, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi.

💊QO’LLANILISHI 👇

— Bifidumbakterin meʼda-ichak yoʻllarining mikrobiotsenozini normallashtirish (ichak mikroflorasini muvofiqlashtirish), organizmning nospetsifik rezistentligini oshirish, ovqat hazm qilish yoʻllarining funksional faoliyatini ragʻbatlantirish, tugʻruqxonalar va kasalxonalar ichki infeksiyasini oldini olish uchun qoʻllanadi.

— Detoksikatsion xususiyatlarga ega. Kattalarga va bolalarga quyidagilarni davolash uchun qoʻllanadi: 👇

— Disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar, gormonlar, nur bilan davolash va ximioterapiyada, stresslarda profilaktika uchun qabul qilinadi.

— Oʻtkir ichak infeksiyalarida, shu jumladan etiologiyasi aniqlanmagan infeksiyalarda qabul qilinadi.

— Surunkali qabziyatlarda qabul qilinadi.

— Malabsorbsiya sindromlarida

disbakteriozlar bilan kechuvchi allergik kasalliklarda qabul qilinadi.

— OʻRVI ( O’tkir Respiratorli virusli Infeksiya ) — bilan tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda disbakteriozni oldini olish uchun qabul qilinadi.

— Emizikli bolalarni sunʼiy ovqatlantirishga erta oʻtkazilganda va donor suti bilan emizilganda qoʻllanadi.

— Ichak shamollashlarida yaxshi ta’sirga ega.

💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇

Ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin preparat ovqatning suyuq qismi bilan aralashtiriladi, qatiq bilan aralashtirish afzal va ovqatdan oldin beriladi. Preparatni 30-50 ml xona haroratidagi qaynagan suvda aralashtirish va hosil boʻlgan aralashmani ichish mumkin. Emizikli bolalarga koʻkrak suti bilan aralashtirib, emizish vaqtida beriladi.

Disbakteriozni oldini olish uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha boʻlgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 1-2 marta, 6 oylikdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 1-2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 10 dozadan kuniga 1-2-marta buyuriladi. Profilaktik kurs 2-3 xafta yiliga 2-3-marta oʻtkaziladi. Davolash uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha boʻlgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 2-6-marta, 6 oylikdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 3-5-marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 10 dozadan kuniga 3-4-marta buyuriladi. Davolash kursi 5 kundan 15 kungacha, kasallikning xarakteri va ogʻirlik darajasiga bogʻliq. Davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarurati boʻlganida davolash kursini 2-3-marta takrorlash mumkin. Har bir kurs avvalgi kurs yakunlangandan keyin bir oy oʻtgach oʻtkaziladi.

🔰Yordamchi tayanch so’zlarga ta’rif berib o’taman. 2,5 doza degani yarim flakon , 5 doza degani 1 flakon massada bo’ladi. Ya’ni 1 ta flakon bifidumbakterin 5 doza degani. 

👉Chaqaloqlarga ichirish uchun shpritsdan foydalansa ham bo’ladi.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

Nojo’ya ta’siri aniqlanmagan.

❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇

Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Bifidumbakterinni chaqaloqlarga hayotining birinchi kunidan boshlab berish mumkin.

💥Bu preparatni kattalar ham qabul qilishi mumkin.

💉Qo’llash — retseptsiz

💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya , Uzbekistan.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,, ТАБЛЕТКА » kanali

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x