BIDIYORSHUM (taxallusi; asl ismi Muhammad Solih) (?, Qoʻqon — 1842, Urumchi, Sharqiy Turkiston) — oʻzbek xalq anʼanaviy teatrining aktyori va ogʻzaki pyesalar ijodkori. 18-a. oxiridan 19-a. ning birinchi yarmigacha Qoʻqon professional aktyorlar uyushmasi («Kasabai sozanda»)ning korfarmoni. Qad. oʻzbek xalq teatri va aktyorlik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Ogʻzaki pyesalari va tomoshalarida kuchli ijtimoiy mavzuni koʻtarib jamiyatning ayrim illatlarini tanqid qilgan. «Mudarris», «Yer taqsimlash», «Choʻpon bola» pyesalarida oʻtkir hajv vosita si b-n mehnatkash xalq manfaatini himoya qilgan. Bidiyorshum hajviy sheʼrlar ham yozgan. Qoʻshiqlarga musiqa bastalash, raqslarni sahnalashtirish bilan ham shugʻullangan. Yana q. Bidiyorshum toʻdasi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые