BIBLIYA

BIBLIYA (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi dhdga boʻlinadi. «Axd» soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi avd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya — xudoning kalomi, barcha insonlarga yoʻllangan, dunyo va odamzodning paydo boʻlishi va oxirat sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi — yagona Haqning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya mil. av. 8-a. va mil. 2-a. lar oraligʻida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilmaxil joylarda yaratilgan.

Bibliya eng qad. adabiy yodgorliklardan biri boʻlib, diniy pandnasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yokdan, odamzodning gunohkor boʻlib xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi toʻgʻrisida ran ketsa, ikkinchi yoqdan, xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yoʻlini ochgan Iso Masih toʻgʻrisida toʻlaqonli xabar beriladi.

Jami 70 kitob (boʻlim)ni oʻz ichiga olgan Bibliya 13-a. da kardinal Stefan Lengton tomonidan hoz. koʻrinishga keltirilgan, kitoblarni sherlarga boʻlish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (16-a.) amalga oshirgan.

Bibliya jahon boʻyicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida koʻpgina xalqlarning axloqi, maʼnaviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir sanʼatiga barakali taʼsir koʻrsatgan. U 19-a. gacha 400 dan ziyod, 20-a. mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga toʻliq yoki qisman oʻgirilgan. Oʻzbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913-y. larda Leypsig sh. da arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990-y. larda Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan Kirill yozuvida chop etilgan. 1992-y. da mazkur int Injil va Zaburni toʻliq holda va Tavrotdan «Ibtido» qismini bir kitobga jamlab, soʻzboshi, lugʻat, jadvallar, fixrist, xaritalar hamda rangli fotosuratlar bilan birga chop etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x