BIBL (yun., akkadcha Gubl, qad. yahudiycha Gebal; Livan) — Finikiyadagi qad. shahar. Mil. av. A — 2-ming yilliklarda savdo markazi, Adonis maʼbudiga sigʻinish joyi. Finikiya va Rim davriga oid xarobalar saqlanib qolgan; hoz. Jubayl sh. yaqinida oʻrta asrlarga oid yodgorliklar bor.