BIBI MARYAM IBODATXONASI (NotreDame de Paris) — Parij (Site oroli)dagi fransuz gotikasiga xos meʼmoriy yodgorlik (1163—1257; meʼmori J. B. Lassyu va E. VilleleDyuk). Ibodatxona tarhi 5 nefli, qisqa transept (toʻsiq)li bazilika (uz. 130 m, eni 108 m, interyer bal. 35 m) hamda ikki minora (bal. 69 m)dan iborat. Meʼmoriy tuzilishi gotika uslubiga xos (bosh tarzi qismlarga ajratilib, sodda bezaklarda pardozlangan), bezaklarida roman uslubi qoʻllanilgan (interyeridagi yoysimon ravoqustunlar, arkbutan va b.), shuningdek yangi konstruktiv elementlardan foydalanilgan. Bosh tarzidagi vitraj va haykallari saqlangan. Taʼmir vaqtida butunlay oʻzgartirilsada (19-a.), meʼmoriy tuzilishidagi yaxlitlik saqlangan. Bibi Maryam Ibodatxonasi Fransiya va b. mamlakatlardagi ibodatxonalar qurilishiga asos boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые