BEYLI Frederik (? — 1967) — ingliz josusi, polkovnik. 1918-y. avg. da Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rahbari. Diplomatlar safida kapitan Blekker va Angliyaning Qashqardagi konsuli Makkartney ham bor edi. Ular Toshkentdagi AQSH konsuli R. Tredu-ell b-n hamkorlikda Oktyabr toʻntari-shiga qarshi ishlar olib borgan. B. Toshkentda Junkovskiy boshchilik qilgan maxfiy «Turkiston harbiy tashkiloti» b-n yaqin aloqada boʻlib, Toshkent, Samarqand, Fargʻonada sovetlarga qarshi qoʻzgʻolonlar uyushtirish, Fargʻona va Xorazmda milliy istiqpolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashdi, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarogʻ va b. yordam yetkazib berishda katta rol oʻynadi. «Turkiston harbiy tashkiloti» fosh qilingach (1918-y. okt.), Turkistondagi ingliz-amerika josuslari qamoqqa olindi. Beyli esa Buxoro orqali chet elga oʻtib ketdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые