BETXOVEN

BETXOVEN (Beethoven) Lyudvig van [1770.16 (?).12, Bonn1827.26.3, Vena] — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-y. da Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachiimprovizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8«Patetik» fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1simfoniyasi, «Prometeyning yaratmalari» baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga tashlandi. 27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, histuygʻu bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801—12 y. larda kamol topdi. Kahramonlik va demokratizm ruxi bilan yugrilgan 3-(«Qaxramonnoma»), 5-simfoniyalari, «Fidelio» operasi, I. Gyotening «Egmont» fojiasiga yozgan musiqasi, «Appasionata» fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun «Kreyserov» sonatasi va b. asarlari mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch rugʻi bilan sugʻorilgan 9simfoniyasi Betxoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12 — 16 kvartetlari, bagatellar va b.)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi.

Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri (q. Simfonizm) kulamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan.

Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain va b.) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon va b. asarlar). Betxovenning 5, 7, 8, 9-simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va b. asarlari OʻzRda ijro etiladi.

Ad.: Rollan R., Jizn Betxovena, M., 1964; Alshvang A., Betxoven. Ocherk jizni i tvorchestva, 5-izd., M., 1977; Karinsev N , Betxoven (T. Mirzayev tarjimasi), T., 1939.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x