BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. «Genetika» atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij unti prof. (1908—10). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. «Borliq — yoʻqlik» nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910-y. da Angliya genetik jur. ni tashkil etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые