BETARAFLIK, neytralitet (nem. Neutralitet, lot. Neuter—u ham, bu ham emas) —1) ikki va undan ortiq tomonlarning nizo va tortishuvlariga aralashmaslik;
2) davlatning urushda va harbiysiyosiy ittifoqlarda qatnashmaslik siyosati va oʻziga xos huquqiy maqomi. Betaraflikning quyidagi turlari mavjud: eventual Betaraflik (urush vaqtida)—davlatning bironbir urushda katnashmasligi; doimiy Betaraflik (Shveysariya, 1825-y. va Avstriya, 1955-y. dan)— davlatning hech qachon urushni keltirib chiqaruvchi siyosat olib bormasligi; shartnomaviy Betaraflik ; anʼanaviy Betaraflik (uzoq vaqt davomida Shvetsiya amal qilayotgan Betaraflik siyosati); ijobiy Betaraflik —2-jahon urushidan keyingi yillarda rivojlanayotgan mustaqil davlatlarning harbiy va siyosiy ittifoqlarga qoʻshilmaslik siyosati. Bironbir davlatga harbiy hujum qilingan holatda ular BMT Ustaviga muvofiq yakka yoki jamoa boʻlib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega.