BESTUJEV QORAMOL ZOTI

BESTUJEV QORAMOL ZOTI — goʻshti va suti uchun boqiladigan zot. Vatani Rossiya. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida mahalliy sigir zotlarini shortgorn, golland, simmental va b. zotlar bilan chatishtirib yetishtirilgan (nomi zotdor mollar yetishtirish ishlariga asos solgan zavodchi Bestujev familiyasidan). Rangi targʻilqizil, tanasi choʻzinchoq, suyaklari baquvvat. Boshida, koʻkrak qafasida, qorniyaa oq dogʻlar uchraydi. Buqalarining tirik vazni 750—900 kg, sigirlariniki 500—550 kg, 3000 — 3800, baʼzan 4500 kg gacha sut beradi. Sutining yogʻlilik darajasi 3,8—4,1%, eng yuqorisi 5,5%. B. q. z. tez yetiladi. Soʻyilganda goʻsht chiqishi 60%. B. q. z. Rossiyaning Ulyanov, Samara, Penza va b. viloyatlarida keng tarqzlgan. Oʻzbekistonda faqat xususiy xoʻjaliklarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x